AQSh hukumati bir tonna metamfetaminni qo‘lga oldi.
Bu haqda Giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasi direktori Timoti Shi ma’lum qildi va musodara qilingan giyohvand moddaning AQSh tarixidagi sun’iy ravishda sintez qilingan giyohvand moddalarning eng yirik partiyasi bo‘lganligini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, taqiqlangan moddalarni qo‘lga olish bo‘yicha operasiya oktyabr oyining boshlarida Kaliforniyada amalga oshirilgan. Uning natijasida hokimiyat giyohvand moddalarni saqlash va tarqatish bilan shug‘ullangan ulkan tarmoqni "qamrab olishga" muvaffaq bo‘lgan. 1008 kilogramm metamfetamindan tashqari, 405 kilogramm kokain hamda olti kilogramm geroin ham musodara qilingan.
Aniqlanishicha, ular AQShga Meksikadagi eng yirik giyohvand moddalar karteli - Sinaloa tomonidan yetkazib berilgan.