Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQShda maktabdagi otishma oqibatida uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQShda maktabdagi otishma oqibatida uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQShning Oregon shtatidagi Bend shahrida joylashgan Silver Rail boshlang‘ich maktabida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda besh, sakkiz va 11 yoshli uch nafar bola hamda maktabning 54 yoshli xodimi halok bo‘ldi. Yana yetti yoshli bola va bir nafar o‘qituvchi hayot uchun xavfli darajada og‘ir jarohat oldi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi 16 yoshda bo‘lgan. U dastlab maktab yaqinidagi avtomobilga qarata o‘q uzgan, so‘ng bino ichiga kirib, otishmani davom ettirgan. Favqulodda xizmatlarga birinchi qo‘ng‘iroqlar 15 oktyabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida kelib tushgan.

Hujum qilgan o‘smirning o‘zi ham halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning ortidan bino ichiga kirgan guvohlardan biri gumonlanuvchini otib o‘ldirgan. Polisiya xodimlari voqea joyiga yetib kelganida, hujumchi allaqachon zararsizlantirilgan edi.

Hozircha hujum sabablari noma’lum. Tergovchilar o‘smirning ushbu maktabga aloqasi bo‘lgan yoki bo‘lmaganini ham aniqlamoqda. Hodisa sababli mahalliy maktab okrugidagi barcha ta’lim muassasalarida juma kungi darslar bekor qilindi.

Kiritildi: 21:16 16.10.2026. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!