Dushanba kuni kechqurun Florida shtatidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida parvozdan keyingi xavfsizlik tekshiruvi vaqtida ikki kishining jasadi topildi.
Bu haqda seshanba kuni JetBlue bayonotida ma’lum qilindi.
"Hozircha qurbonlarning shaxsi va ular samolyotga qanday sharoitda kirishgani aniqlanmagan", — deyiladi kompaniya bayonotida.
JetBlue voqeani "dahshatli vaziyat" deb atadi va barcha holatlarga oydinlik kiritish uchun rasmiylar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.
Newsweek jurnalining aniqlik kiritishicha, hodisa Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroportidan uchayotgan samolyotda yuz bergan.