Donald Tramp Venesuela neftidan tushgan daromadlarni sud orqali xatlash yoki undirib olishdan himoyalash uchun favqulodda holat rejimini joriy etish haqidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, AQSh Moliya vazirligi hisoblarida saqlanayotgan ushbu mablag‘larni sudlar va kreditorlar tomonidan musodara qilish yoki boshqa huquqiy tartibda yechib olish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, Tramp Venesuelaga berilgan zarbalardan bir hafta o‘tib, mamlakat xalqiga muhabbatini bildirar ekan, AQSh uni “boy va xavfsiz” qilish yo‘lida ish olib borayotganini ta’kidlagan.