Qo‘shma Shtatlarda Michigan shtatidagi Walmart do‘konida sodir etilgan pichoqli hujum oqibatida 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda Travers-Sitidagi Munson Medical Center kasalxonasi xabar bermoqda.
"Biz 11 nafar jabrlanuvchiga Munson Medical Center markazida tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini tasdiqlaymiz", - deya ta’kidladi shifokorlar.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar bo‘limi odatdagidan ko‘proq ish yukini boshdan kechirmoqda.