AQSh Kongressining Byudjet boshqarmasi kutilmalariga ko‘ra, prezident Donald Tramp tomonidan 4 iyul kuni imzolangan davlat xarajatlari to‘g‘risidagi qonun 2034 yilgacha byudjet taqchilligining 3,4 trillion dollarga oshishiga va taxminan 10 million amerikalikni tibbiy sug‘urtasiz qolishiga olib kelishi mumkin.
"Garchi hujjatda davlat xarajatlaridan 1 trillion dollardan ortiq tejash ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, rejalashtirilgan xarajatlar bu summadan oshib ketadi va hech qanday tejamkorlikka imkon bermaydi", deya yozmoqda Politico.