Bugun 3 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

AQShda bir kun ichida 1179 noqonuniy muhojir qo‘lga olindi

AQShda bir kun ichida 1179 noqonuniy muhojir qo‘lga olindi

AQShda chegara xavfsizligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan «noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish tadbirlari» doirasida faqat bir kun ichida 1179 noqonuniy muhojir qo‘lga olindi. Bu haqda AQShning Migrasiya va bojxona xizmatlari (ICE) ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ICE xodimlari 1179 kishini qo‘lga olishdi, bu esa AQSh prezidenti Donald Trump lavozimga kirishganidan beri noqonuniy muhojirlarni qo‘lga olish bo‘yicha rekord natija bo‘lgan.

NBC News telekanali esa, 1179 kishidan faqat 613 nafari «og‘ir jinoyatlar» sodir etganligini xabar qildi, qolganlar esa faqat «noqonuniy» tarzda AQSh chegarasini kesib o‘tganlar.

O‘zining 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan inaugurasiyasidan so‘ng Donald Trump, AQShda tug‘ilgan immigrant bolalariga avtomatik ravishda fuqarolik berish tartibini bekor qilishini e’lon qildi. U 14-moddani qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 03:40 29.01.2025. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!