Ukraina prezidenti bu fikrni Associated Press'ga bergan intervyusida bildirdi.
Volodimir Zelenskiyning intervyusidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Tramp Rossiyaning energetika va bank sektoriga sanksiyalar qo‘llash hamda Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish orqali Putinni muzokara stoliga o‘tirishga majbur qilishi mumkin;
◾️ Ukraina Tramp ma’muriyati vakillari bilan bir necha marta aloqa qildi, lekin bu muhokamalar "umumiy darajada" bo‘lib o‘tmoqda. Aniq kelishuvlar uchun shaxsiy uchrashuvlar zarur;
◾️ Prezident Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogning Ukrainaga tashrifi "huquqiy sabablarga ko‘ra" kechiktirildi. Shundan so‘ng to‘satdan chet el yordami muzlatib qo‘yildi va Ukraina uchun loyihalar to‘xtab qoldi;
◾️ AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralardan Ukrainani chetlashtirish barcha uchun xavfli. Muzokaralar ko‘p tomonlama bo‘lishi kerak – AQSH, Yevropa Ittifoqi, Ukraina va Rossiya ishtirokida;
◾️ Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishning eng arzon yo‘li uning NATO'ga a’zo bo‘lishidir;
◾️ Boshqa turdagi xavfsizlik kafolatlari yetarli miqdordagi qurol bilan mustahkamlashni va Kiyevga o‘z mudofaa sanoatini rivojlantirishda yordam berishni nazarda tutishi lozim;
◾️ Agar prezident Donald Tramp xorijdagi amerikalik harbiylarni vataniga qaytarmoqchi bo‘lsa, 800 ming kishilik Ukraina armiyasi NATO uchun qo‘shimcha kuch bo‘lishi mumkin.