Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQShda Binance sudga berildi

AQShda Binance sudga berildi

AQSh tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance va uning bosh direktori Changpeng Chjao ustidan sudga murojaat qildi. CFTC'ning 27 mart, dushanba kuni e’lon qilingan press-relizida ta’kidlanganidek, bunga tovar birjalari to‘g‘risidagi qonunning, shuningdek, regulyator qoidalarining bir necha bor buzilishi sabab bo‘lgan.

Da’voga ko‘ra, Binance 2019 yil iyul oyidan beri AQSh fuqarolariga derivativ savdoni taklif qilmoqda, ammo uning muvofiqlik dasturi samarasiz. Bundan tashqari, kompaniya o‘z xodimlari va mijozlariga korporativ foydani maksimal darajada oshirish uchun nazoratni chetlab o‘tishni tavsiya qilgan, deyiladi hujjatda.

CFTC ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan davrning aksariyat qismida Binance o‘z mijozlaridan platformada savdo qilishdan oldin identifikasiya ma’lumotlarini taqdim etishni talab qilmagan, garchi qonun bo‘yicha fyuchers treyderlari bunday ma’lumotlarni to‘plashlari shart. Bundan tashqari, Binance, CFTC ma’lumotlariga ko‘ra, terrorizmni moliyalashtirish va pul yuvishning oldini olish uchun mo‘ljallangan asosiy muvofiqlik tartib-qoidalarini amalga oshirmagan.

Kiritildi: 09:31 28.03.2023. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!