"San-Diyego Veyv" jamoasi Katarina Makario bilan shartnoma imzoladi va bu ayollar futboli tarixidagi eng yirik shartnomaga aylandi.
Tranferning umumiy qiymati 8 million dollarni tashkil qiladi. Makarioning yangi klubi bilan mehnat shartnomasi 2030 yil oxirigacha tuzilgan.
Katarina Makario Braziliyada tug‘ilgan bo‘lib, braziliya va amerika klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Makario "Lion" va "Chelsi" klublarida o‘ynagan. Shuningdek, futbolchi AQSh milliy jamoasi safida to‘p tepadi.
"San-Diyego Veyv" Milliy ayollar futbol ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.