AQShda ayollar Trampning saylovdagi g‘alabasidan so‘ng abort qilish uchun dori-darmonlarni ommaviy ravishda sotib olishmoqda.
The Washington Post gazetasining yozishicha, Donald Tramp prezident etib saylanganidan keyin amerikalik ayollar abort qilish imkoniyati cheklanganidan qo‘rqib, abort qilish uchun dori vositalarini ommaviy xarid qila boshlagan. Bunday tabletkalarni yirik yetkazib beruvchi Aid Access kompaniyasi saylovdan keyin 24 soat ichida 10 000 ta so‘rovni qabul qildi, bu odatdagidan 17 barobar ko‘p.