Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShda 14 yoshli futbolchi debyut qilib, rekord o‘rnatdi

A A A
AQShda 14 yoshli futbolchi debyut qilib, rekord o‘rnatdi

14 yoshli Kavan Sallivan MLS tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi.

Chorshanba kuni «Filadelfiya Yunion» yarimhimoyachisi «Nyu-Inglend Revolyushn»ga (5:1) qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi oxirida zaxiradan maydonga tushirildi.

Kavan MLSdagi debyutini 14 yoshu 298 kunligida o‘tkazdi va 2004 yil aprelda 14 yoshu 306 kunligida o‘ynagan Freddi Aduning rekordini yangiladi.

Ma’lumot uchun, Sallivan 2027 yilda — 18 yoshga to‘lganidan keyin «Manchester Siti»ga o‘tadi.

Kiritildi: 20:57 19.07.2024. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!