Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroni hal qilishga yordam beradigan shartlardan biri Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofidagi hududlarga Vashington nazoratini o‘rnatgan holda neytral maqom berilishi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.
Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashrda Vashington Zaporojye AES atrofidagi qaysi hududlarni neytral deb belgilashni taklif qilayotgani va AQSh ushbu hududlar va stansiya ustidan nazoratni qaysi formatda amalga oshirishi mumkinligini ko‘rsatmaydi.
Nashr shuningdek, agar bunday taklif amalga oshirilsa, Vashington fikricha, stansiyani aynan kim boshqarishi kerakligini ham ko‘rsatmaydi.
ZAES Ukrainaning Zaporojye viloyati Energodar shahrida joylashgan. Bu Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi. Ob’ekt 2022 yil fevral oyi oxirida Rossiya kuchlari tomonidan nazoratga olingan.