Bu haqda AQSh Energetika vazirligiga qarashli Sandia laboratoriyasi xabar berdi.
"F-35 qiruvchisi Nevada shtatidagi Tonopa poligonida jangovar zaryadsiz B61-12 yadroviy bombalarini tashlagan. Bu sinovlar 19–21 avgust kunlari yillik yadroviy arsenal ishonchliligini baholash va uchuvchilarni tayyorlash doirasida o‘tkazilgan", deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, 2024 yilda B61-12 bombalarining xizmat muddati yana 20 yilga uzaytirilgan edi.