AQSh so‘nggi sutka ichida Yaqin Sharqqa beshinchi va to‘rtinchi avlodga mansub 50 dan ortiq qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi, deb xabar bermoqda "Axios" nashri amerikalik mulozimlar orasidagi manbasiga tayanib. Gap "F-35", "F-22" va "F-16" samolyotlari haqida ketmoqda.
Shu bilan birga, "Forbes" nashrining qayd etishicha, "CVN 78 Gerald Ford" aviatashuvchi kemasi Karib havzasini tark etib, Yaqin Sharq mintaqasi tomon yo‘l olgan.