Pentagon Yaqin Sharqqa uchinchi aviatashuvchi zarba guruhini va dengiz piyodalari bilan qo‘shimcha kemalarni yuboradi, bu esa mintaqadagi Amerika kuchlari sonini yana 9-10 ming kishiga oshiradi.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, bu haqda amerikalik rasmiylar ma’lum qilgan.
Qo‘shimcha kemalar, qiruvchi samolyotlar, dengiz piyodalari va harbiy dengizchilar noyabr oyi oxiriga qadar mintaqaga yetib borishi kutilmoqda.
Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan keyin Eronga zarbalarni qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. WSJ manbalari ta’kidlashicha, u yaqinda o‘z yordamchilariga noyabr oyida bombardimonlar qayta boshlanishini kutayotganini aytgan.
Theodore Roosevelt aviatashuvchi zarba guruhi rejalashtirilgan joylashtirish doirasida 27 sentyabr kuni San-Diyegodan yo‘lga chiqqan.
Ertasi kuni esa tarkibida 13-ekspedisiya bo‘linmasi dengiz piyodalari bo‘lgan uchta kemani o‘z ichiga olgan Makin Island amfibiya guruhi ham dengizga chiqqan.