AQSh Davlat kotibi Marko Rubio favqulodda harbiy qurol sotuvlarini ma’qullagan. Qurol-yarog‘ning umumiy qiymati 25.8 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu dastlab e’lon qilingan 8.6 mlrd dollarlik rejalashtirilgan summadan 3 baravar ko‘pligi aytilgan.
Qurol-yarog‘ paketlari Bahrayn, Isroil, Quvayt, Qatar va BAAga yo‘naltirilgan. Ularning ichida Patriot missile tutib qoluvchi raketalari ham mavjud. Biroq AQSh ishlab chiqarish quvvatlari cheklangani sababli yetkazib berish bir necha yilga cho‘zilishi mumkinligi ta’kidlangan.