Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Yamanda keng ko‘lamli operasiya boshlanganini e’lon qildi

AQSh Yamanda keng ko‘lamli operasiya boshlanganini e’lon qildi

AQSh harbiylari "Ansor Alloh" (hutiylar) isyonchi harakatiga qarshi keng ko‘lamli operasiya boshladi.

Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

"Operasiya "Amerika manfaatlarini himoya qilish, dushmanlarni oldini olish va navigasiya erkinligini tiklash" maqsadida hutiy nishonlariga bir qator aniq zarbalarni o‘z ichiga oladi", — deyiladi bayonotda.

Al Hadath telekanalining manbalarga tayanib xabar berishicha, Amerikaning Sanoga zarbalari nishonlaridan biri Al-Jarf mintaqasida joylashgan "Ansor Alloh" harakati Oliy siyosiy kengashining qarorgohi – Yamanning isyonchilar nazoratidagi hududini boshqarish uchun hutiylar tomonidan tuzilgan boshqaruv organi bo‘lgan.

Unga ko‘ra, Yaman poytaxtidagi qurol-yarog‘ omborlari va hutiylarning qo‘mondonlik markazlariga ham hujum qilingan. Hutiylarga tegishli Al Masirah telekanali AQSh harbiy ob’ektlari bo‘lmagan turar-joy hududiga hujum qilganini da’vo qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashlar shaharning shimoliy qismida sodir bo‘lgan.

Husiylarning Saada shahrida joylashgan harbiy obektlariga zarba berildi. Hujum oqibatlari, jumladan, ehtimoliy qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Amerikaning Sanoga bergan zarbalari nishonlaridan biri hutiylar siyosiy kengashining qarorgohi bo‘lgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni AQSh armiyasiga husiylarga qarshi harbiy harakatlar boshlashni buyurdi. Uning ta’kidlashicha, bugundan boshlab isyonchilarning AQSh kemalariga hujumlari to‘xtatilishi kerak. Tramp, shuningdek, o‘z murojaatida Eronni husiylarni qo‘llab-quvvatlashni darhol to‘xtatishga chaqirdi.

Kiritildi: 21:08 16.03.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!