Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh yadroviy quroldan voz kechish talablarini to‘xtatsa, biz ular bilan muzokaralarga tayyormiz — Kim Chen In

AQSh yadroviy quroldan voz kechish talablarini to‘xtatsa, biz ular bilan muzokaralarga tayyormiz — Kim Chen In

Koreya Markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, KXDR rahbari bu bayonotni o‘tgan haftaning oxirida bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishidagi nutqida bildirgan.

"Agar AQSh denuklearizasiya bo‘yicha mantiqsiz intilishlaridan voz kechib, real voqelikni tan olgan holda Shimoliy Koreya bilan tinch hamkorlikka intilishni xohlasa, biz Vashington bilan muzokaralar stoliga o‘tirishimiz mumkin", — deya Kim Chen Inning so‘zlarini keltiradi so‘zlarini Yonhap agentligi.

"Shaxsan menda prezident Tramp haqida yaxshi xotiralar qolgan", — deya qo‘shimcha qildi Kim. U so‘nggi bor AQSh prezidenti bilan 2019 yilda uchrashgan edi.

KXDR yetakchisi Janubiy Koreya bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, Pxenyan Seul bilan hech qachon muzokara stoliga o‘tirmasligini va Janub bilan birlashishga intilmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:38 22.09.2025. O'qildi: 562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!