Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Xitoyning Tayvan yaqinidagi harbiy mashqlaridan xavotirlana boshladi

AQSh Xitoyning Tayvan yaqinidagi harbiy mashqlaridan xavotirlana boshladi

Qo‘shma Shtatlar Xitoy tomonidan Tayvan bo‘g‘ozida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar boshlanishidan xavotir bildirdi.

Davlat departamenti ta’kidlaganidek, Pekinning harakatlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatni beqarorlashtiradi va keskinlikni kuchaytiradi.

“Xitoyning Tayvanga qarshi tajovuzkor harbiy harakatlari va bayonotlari taranglikni kuchaytirish hamda mintaqa xavfsizligi va farovonligiga tahdid solishdan boshqa maqsadga xizmat qilmaydi”, — deyiladi bayonotda.

Vashington Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashini hamda mintaqadagi ittifoqchilar va hamkorlar bilan yaqindan harakatlarni muvofiqlashtirishda davom etishini ta’kidladi.

1 aprel, seshanba kuni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi keng qamrovli mashg‘ulotlar boshlanganini e’lon qildi.

Tayvan Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy mashg‘ulotlarda Xitoyning 76 ta harbiy samolyoti va 19 ta kemasi ishtirok etmoqda.

Xitoy bunday manevrlarni birinchi marta amalga oshirayotgani yo‘q.

Tayvan yaqinidagi keng ko‘lamli mashg‘ulotlar 2022 yil avgustida AQSh Kongressi Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosining oroliga tashrifidan so‘ng, 2023 yilda esa Tayvanning sobiq rahbari Say Invenning Qo‘shma Shtatlarga safaridan keyin tashkil etilgan edi.

Bundan tashqari, 2024 yilda orol ma’muriyatining yangi rahbari Lay Sindening inaugurasiyasidan so‘ng harbiy mashg‘ulotlar ham tashkil etilgan.

Kiritildi: 16:33 02.04.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!