Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Xitoy tufayli Yaponiya orollariga raketa joylashtirmoqchi

A A A
AQSh Xitoy tufayli Yaponiya orollariga raketa joylashtirmoqchi

Qo‘shma Shtatlar Yaponiya hukumatidan mintaqada Xitoy bilan kuchlar muvozanatini saqlash uchun Yaponiya arxipelagidagi orollarda o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni joylashtirishni so‘radi.

Bu haqda Sankei Shimbun nashri xabar bermoqda.

Joylashtirish joyi hali aniqlanmagan, ammo Kyusyu oroli unga aylanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, raketalar Hind-Tinch okeani mintaqasida joylashgan AQSh harbiy kemalarida joylashtirilishi ham mumkin.

Joylashtirish uchun mumkin bo‘lgan nomzodlar sifatida LRHW gipertovushli raketalari va ishlab chiqilayotgan Tomahawk qanotli raketalari tilga olindi.

Qayd etilishicha, Vashington bu masalani oxirgi uch-to‘rt yil ichida faqat rasmiy uchrashuvlar chog‘ida ko‘targan.

Kiritildi: 11:21 05.02.2023. O'qildi: 2147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!