Agar Venesuela hukumati AQSh milliy manfaatlariga xizmat qilsa, Vashington Karakasga neft sotishga ruxsat beradi.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Biz energetika resurslarini nazorat qilamiz va Venesueladagi rejimga "Amerikaning milliy manfaatlariga xizmat qilsangiz, sizga neft sotishga ruxsat bor", deb aytmoqdamiz. "Agar siz Amerikaning milliy manfaatlariga xizmat qila olmasangiz, uni sotishingiz mumkin emas", dedi Vens.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda Venesuela neftdan tushgan daromaddan faqat Amerika mahsulotlarini sotib olish uchun foydalanishini yozdi.
"Menga hozirgina Venesuela yangi neft kelishuvimizdan tushgan mablag‘ga faqat Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishi haqida ma’lumot berildi”, — dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, dori-darmonlar va energiya uskunalarini o‘z ichiga oladi. "Boshqacha aytganda, Venesuela o‘zining asosiy savdo sherigi sifatida Qo‘shma Shtatlarga va’da bermoqda. Bu oqilona tanlov va Venesuela va AQSh xalqi uchun juda yaxshi narsa", - deya qo‘shimcha qildi Tramp.