AQSh Venesueladan RV-1 tadqiqot reaktorida ishlab chiqarilgan barcha boyitilgan uranni olib chiqib ketdi.
Venesueladagi RV-1 reaktori foydalanishdan chiqarildi, u yerda saqlangan barcha boyitilgan uran esa mamlakatdan olib chiqib ketildi.
Bu haqda AQSh Milliy yadro xavfsizligi boshqarmasi (NNSA) xabar berdi.
Xomashyo qayta ishlash va qayta foydalanish uchun Savanna-River (Janubiy Karolina) yadroviy majmuasi hududiga yetkazilgan. 13,5 kg uran ishlatilgan yadro yoqilg‘isi uchun mo‘ljallangan maxsus konteynerda tashilgan, deyiladi bayonotda.