Tramp Venesueladan neft sohasida AQSh bilan eksklyuziv hamkorlikni va mamlakatdan Xitoy, Rossiya, Eron hamda Kubani chiqarib yuborishni talab qilmoqda, deb xabar berdi ABC News.
Endilikda Venesuela o‘z neftini qazib ololmaydi, chunki uni joylashtirish va jo‘natish uchun imkon yo‘q. Tankerlar neft bilan to‘lib, jo‘natilishini kutib turibdi.
ABC yozishicha, AQSh Venesuelaning o‘tish davri hukumatidan og‘ir neft savdosida amerikaliklarga ustuvorlik beruvchi eksklyuziv energetik hamkorlikni qabul qilishni ham talab qilmoqda. Unga ko‘ra, 50 mln barrelga teng neft bozor narxida shtatlarga yetkazib berilishi kerak.
AQSh iddaosicha, neft savdolari tiklanmasa, Venesuela yaqin haftalarda jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi.
AQSh Senatida aytilishicha, Vashingtonning blokadasi sababli neft ortilgan tankerlar Venesuela portlaridan chiqa olmayapti.