Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish va olib chiqish operasiyasi bir necha oy davom etdi.
Bu haqda AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Den Keyn matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Bu operasiya bir necha oylik tayyorgarlikning yakuni bo‘ldi. Bu faqat AQSh harbiylarigina amalga oshirishi mumkin bo‘lgan operasiya edi", - dedi general matbuot anjumanida.
Unga ko‘ra, operasiyaga 150 dan ortiq samolyot jalb qilingan. Keyn ta’kidlaganidek, bunday harakatlar "birlashgan kuchlarimizning eng yuqori aniqligi va integrasiyasini" talab qiladi.
"Biz vaziyatni kuzatdik, kutdik, tayyorgarlik ko‘rdik, sabr-toqat va professionallikni saqlab qoldik", dedi general.
Operasiyaga tayyorgarlik ko‘rilganini ta’riflar ekan, u AQSh razvedka idoralari “Maduroni topish va uning qanday harakatlanishi, qayerda yashashi, qayerga borishi, nima yeyishi, nima kiyishini tushunish” uchun bir necha oy davomida ishlaganini ta’kidladi.