AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin San-Fransiskodagi sammitda yana uchrashishga kelishib oldilar, biroq sanalarni belgilamadi, dedi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar koordinatori Jon Kirbi.
"Ular yana uchrashishga kelishib oldilar, ammo sana hali ularning kalendarlarida belgilanmagan", dedi u Oq uydagi brifingda.
Har ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralar o‘tgan chorshanba kuni Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tgan APEK forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.