Bu kelishuvga AQSh urush vaziri Pit Hegset va Xitoy mudofaa vaziri Dun Szyun o‘rtasida Malayziyada o‘tkazilgan uchrashuvda erishildi. Tomonlar ikki davlat harbiylari o‘rtasida aloqa kanallarini tashkil etish masalasini muhokama qildi va bu mavzuda qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldi.
"Men hozirgina prezident Tramp bilan suhbatlashdim va biz “AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar hech qachon hozirgiday yaxshi bo‘lmagan”, degan fikrdamiz. Prezident Trampning Janubiy Koreyada rais Si bilan o‘tkazgan tarixiy uchrashuvidan so‘ng men ham Xitoy milliy mudofaa vaziri bilan Malayziyada ijobiy uchrashuv o‘tkazdim. Biz, shuningdek, harbiylar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday muammolarni kamaytirish uchun hamkorlik kanallarini yaratish zarurligiga ham kelishdik", — deb yozdi Hegset X ijtimoiy tarmog‘ida.