Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh va Ukraina tinchlik rejasining 20 bandini tayyorlab bo‘ldi — Zelenskiy

AQSh va Ukraina tinchlik rejasining 20 bandini tayyorlab bo‘ldi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, Kiyev va Vashington Moskva bilan tinchlik kelishuvi hamda xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha bitimlar asosini tashkil etishi lozim bo‘lgan hujjatlar ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, asosiy hujjat xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bitim bo‘ladi. Unga kafil mamlakatlar tomonidan Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tafsilotlar va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan yopiq ilova kiritiladi.

Shuningdek, Zelenskiy urushdan keyin Ukrainani tiklash bo‘yicha kelishuv ustida ham ishlar davom etayotganini aytdi.

U o‘zining Telegram kanalida Ukraina tomoni AQSh va Yevropadan olishni kutayotgan xavfsizlik kafolatlarining bir qismini e’lon qildi. Ular qatorida: 800 ming kishilik Ukraina Qurolli kuchlarini moddiy tomondan ta’minlash, Yevropa Ittifoqiga a’zolik, havo, dengiz va quruqlikdagi xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, energetika, moliya va boshpanalar masalalarida “ko‘ngillilar koalisiyasi” tomonidan qo‘llab-quvvatlash bor.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Vashingtonning kafolatlari Yevropanikidan alohida rasmiylashtiriladi, u yuridik jihatdan majburiy kuchga ega bo‘lishi uchun AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Kiritildi: Bugun 16:58. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!