Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh va Ukraina Saudiya Arabistonidagi uchrashuvda nimalarni muhokama qiladi?

AQSh va Ukraina Saudiya Arabistonidagi uchrashuvda nimalarni muhokama qiladi?

AQSh va Ukraina Saudiya Arabistonidagi uchrashuvda "hududiy masalalar", "xavfsizlik protokollari", AQSh razvedka ma’lumotlarini uzatish va foydali qazilmalar bo‘yicha bitimni muhokama qiladi.

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ma’lum qildi.

"Bizning jamoamiz, ukrainaliklar va ushbu muhokamalarga aloqador bo‘lgan yevropaliklar o‘rtasida ko‘plab muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Men buni oldinga siljish sifatida tavsiflayman. Umid qilamanki, kelishuvga erishamiz. Saudiya Arabistonidagi uchrashuv kun tartibida Ukraina uchun xavfsizlik protokollari kabi muhim masalalar turibdi, bu ularni xavotirga solmoqda. Shuningdek, hududiy masalalar va energetika mavzulari ham muhimdir. Muhokamalarda barcha tomonlar o‘z umid va talablarini aniq ifoda etishi kerak. Shundan so‘ng biz muqobil kelishuvlar yuzasidan muzokaralarni boshlashimiz mumkin", — deya izoh berdi Uitkoff.

"Trampning maxsus vakili, shuningdek, Vashington ushbu muzokaralardan “sezilarli progress” kutayotganini ta’kidladi. Xususan, amerikaliklar foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzolanishiga umid qilmoqda", deya xabar bermoqda Reuters.

Bundan tashqari, Uitkoff Kelloggning so‘zlariga qo‘shilib, AQSh Ukrainaga mudofaa uchun zarur bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini uzatishni to‘xtatmaganini qayd etdi.

Kiritildi: 12:08 11.03.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!