Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Ukraina muzokaralari bugun kechqurun boshlanadi – Reuters

AQSh va Ukraina muzokaralari bugun kechqurun boshlanadi – Reuters

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Ukraina delegasiyalari Saudiya Arabistonida bugun kechqurun muzokaralarni boshlaydi.

Ushbu uchrashuv dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh va Rossiya muzokaralaridan oldin o‘tkaziladi. Muzokaralarning asosiy mavzusi o‘t ochishni qisman to‘xtatish masalasi bo‘ladi.

Shu bilan birga, The New York Times nashri ukrainalik manbasiga tayanib xabar berishicha, Kiyev vakillari AQSh delegasiyasi rossiyaliklar bilan uchrashgandan keyin yana muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

Ukraina delegasiyasiga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qiladi. Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tomonlar "o‘t ochishni to‘xtatishning turli rejimlari, otashkesimni qanday nazorat qilish, umuman olganda, uning doirasiga nimalar kirishi" kabi masalalarni aniqlashtirilishi kerakligini bildirgandi.

O‘z navbatida, Kreml Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda Qora dengiz bo‘yicha kelishuv ham muhokama qilinishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:48 23.03.2025. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!