"Chunki Trampga rad javobi berib bo‘lmaydi, Rossiya esa sanksiyalar bosimi sabab rad eta oladigan holatda emas", deya yozmoqda agentlik Kremlga yaqin manbasiga tayanib.
Reuters'ning taxminicha, tomonlar havo hududida bosqichma-bosqich sulh bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin. Shuningdek, Putin “ikkala tomonga ham o‘z obro‘sini saqlab qolishga yordam berishi mumkin bo‘lgan yadroviy bitim” taklif qilgan. Yadro qurollarini nazorat qilish bo‘yicha yangi kelishuv, amaldagi bitim o‘rnini bosadi.