Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh va ittifoqchilari Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha harbiy kontingent yuborish masalasini muhokama qilmoqda

A A A
AQSh va ittifoqchilari Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha harbiy kontingent yuborish masalasini muhokama qilmoqda

AQSh va ittifoqchilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tahdidi munosabati bilan Sharqiy Yevropa mamlakatlariga qo‘shimcha harbiy kontingent yuborish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Bolgariya, Ruminiya va Vengriyaga qo‘shinlar yuborilishi ehtimoli eng yuqori bo‘lgan mamlakatlardir. Ularning har biriga ming nafardan askar jo‘natilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, AQSh Mudofaa vazirligi prezident Jo Baydenga Sharqiy Yevropaga ming nafardan besh minggacha amerikalik askar yuborishni taklif qilgan va bu raqamlar 10 barobarga oshishi mumkin.

Keyinroq Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi AQShda 8500 askar yuqori shay holatga keltirilganini ma’lum qildi. Ularni qisqa vaqt ichida Yevropaga jo‘natilishi mumkin.

Kiritildi: 16:37 27.01.2022. O'qildi: 1329 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!