Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh va Isroilning Eronga qarshi operasiyasiga jahon qanday munosabat bildirdi?

AQSh va Isroilning Eronga qarshi operasiyasiga jahon qanday munosabat bildirdi?

👉 Buyuk Britaniya hukumati mamlakat Isroil va AQSh operasiyasida ishtirok etmaganini hamda mintaqaviy mojaroning yanada keskinlashuvi va kengayishini istamasligini ma’lum qildi. Britaniya rasmiylari, shuningdek, Yaqin Sharqdagi mudofaa imkoniyatlari yaqinda kuchaytirilganini ta’kidlab, bu faqat mintaqa hududida bo‘lib turgan fuqarolarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilganini bildirdi.

💬 Eronga hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va shuning uchun biz doimo muzokaralar orqali yechim topish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz, 💬 — deyiladi hukumat bayonotida.

👉 Germaniya hukumati Berlin Isroil tomonidan Eronga zarbalar tayyorlanayotgani haqida oldindan xabardor qilinganini ma’lum qildi. Mamlakat hukumati vakilining aytishicha, kansler Fridrix Mers voqealar rivojini diqqat bilan kuzatmoqda va yevropalik hamkorlar bilan aloqada. Kelasi hafta Vashingtonda Mersning Donald Tramp bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

👉 Rossiya «BMTga a’zo bo‘lgan suveren va mustaqil davlatga qarshi oldindan rejalashtirilgan va hech qanday sababsiz qurolli tajovuz akti»ni qoraladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroil operasiyasini «behafsala qadam» va «xavfli sarguzasht» deb baholab, bu xalqaro huquq me’yorlarini buzishini ta’kidladi. Vazirlik fikricha, AQSh va Isroil «o‘zlariga bo‘ysunmagan, kuch ishlatish diktati va gegemoniyaga bo‘ysunishdan bosh tortgan davlatning konstitusiyaviy tuzumini ag‘darish va rahbariyatini yo‘q qilish»ni maqsad qilgan.

👉 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron «xalol muzokaralar»ni boshlash va yadroviy qurol hamda qit’alararo ballistik raketalar dasturidan voz kechishdan boshqa yo‘l qolmaganini anglashi kerak.

👉 Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar hamda mintaqaning boshqa rasmiy vakillari bilan muloqot o‘tkazganini bildirdi. Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi arab hamkorlar bilan birgalikda mojaroni diplomatiya orqali hal etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

👉 Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ofisida Eron fuqarolik aholisi bilan hamjihatlik bildirildi. Italiya eronliklarning fuqarolik va siyosiy huquqlariga hurmat ko‘rsatilishini talab qilmoqda.

👉 Shveysariya hukumati zarbalar haqidagi xabarlardan «chuqur tashvishda» ekanini ma’lum qildi. Mamlakat rasmiylari mojaroga jalb etilgan tomonlarni xalqaro huquqqa to‘liq rioya qilish va eng yuqori darajada vazminlikka chaqirdi. Shuningdek, fuqarolik aholisini himoya qilish zaruratiga alohida e’tibor qaratildi.

👉 Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze mamlakati «ezilishga qarshi kurashayotgan jasur Eron xalqi» bilan hamjihat ekanini bildirdi. Shu bilan birga, u Eronda yadroviy qurol paydo bo‘lishining oldini olish bo‘yicha AQSh sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: Bugun 18:05. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!