Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, yangi kelishuv HAMASdan barcha garovdagi isroilliklarni ozod qilish va qurolsizlanishni talab qiladi.
"Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va AQSh prezidenti Donald Tramp HAMASga ultimatum qo‘yishni o‘z ichiga olgan yangi taklif ustida ishlamoqda. Ushbu taklif, HAMAS tomonidan garovga olinganlarning hammasini ozod etilishi, shuningdek, jangovar harakatlarning to‘xtatilishi va harakatni qurolsizlantirishni nazarda tutadi. Buning evaziga Isroil falastinlik mahbuslarni ozod qilishi ko‘zda tutilgan", deya yozmoqda The New York Times.