Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Isroil Eronga qarshi psixologik urushni boshladimi?

AQSh va Isroil Eronga qarshi psixologik urushni boshladimi?

Isroil tomonidan “Basij” qo‘mondoni general G‘ulomrizo Sulaymoniy hamda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Lorijoniy yo‘q qilingani haqida xabarlar tasdiqlandi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: agar urushning birinchi kunidagi shunday urinishlar (hatto oliy rahbarni yo‘q qilish ehtimoligacha) kutilgan natijani bermagan bo‘lsa, nega bu taktika yana qo‘llanilmoqda?

Bu kabi nishonli yo‘q qilishlar ortida quyidagi maqsadlar bo‘lishi mumkin:

1. Muzokaralar uchun sharoit yaratish — hozirgi qat’iy pozisiyadagi rahbarlarni chetlatib, ular o‘rniga zaifroq va boshqariladigan shaxslarni keltirish.

2. Mavjud rahbariyatni jazolash — AQSh va Isroilga qarshi ochiq qarshi turish uchun bosim o‘tkazish.

3. Axborot va psixologik muhitni o‘zgartirish — Binyamin Netanyahuning o‘limi haqidagi mish-mishlar ortidan kelib chiqqan salbiy fonni bartaraf etish.

Bu harakatlar faqat harbiy emas, balki axborot va psixologik frontda ham bosimni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!