Ushbu reja front chizig‘ini muzlatish hamda NATO modeliga asoslangan xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni nazarda tutadi, deb yozmoqda The Washington Post.
Amerikaning "Washington Post" nashrining yozishicha, AQSh va Yevropa rasmiylari Rossiya urushini tugatish rejasini ishlab chiqmoqda. Ukraina prezidenti idorasi buni "yaxshi piar" deb atadi.
Amerikalik muzokarachilar Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari bilan birgalikda Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha yangi tinchlik rejasini ishlab chiqmoqda
Nashrning qayd etishicha, muhokama qilinayotgan beshta asosiy shart quyidagilardan iborat:
- Hozirgi front chizig‘i bo‘ylab harbiy harakatlarni to‘xtatish va tomonlarning hududiy yon berish ehtimoli;
- Ukrainaga NATOning 5-moddasiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini berish;
- Ukrainani qayta tiklash va jabrlanganlarga tovon puli to‘lash;
- Ukraina, Rossiya va Yevropa o‘rtasida Rossiya nefti va gazi yetkazib berishni qayta tiklashga imkon beruvchi energetika kelishuvi;
- Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish ehtimoli.