Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh va Yevropa Ittifoqi urushdan keyingi G‘azoda BMT kuchlarini joylashtirishni qo‘llab-quvvatlamoqda

AQSh va Yevropa Ittifoqi urushdan keyingi G‘azoda BMT kuchlarini joylashtirishni qo‘llab-quvvatlamoqda

Qo‘shma Shtatlar va uning Yevropadagi ittifoqchilari urushdan keyin G‘azo sektorida xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish rejasini ilgari surmoqda va tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotgani sababli Isroilga harbiy amaliyotni to‘xtatish uchun bosimni oshirmoqda.

Bloomberg axborot manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh va Yevropa Isroilning bunday rejaga shubha bilan qarashini tushunadi. Ammo ular bu fikrni muhokama qilish ham Isroil rahbariyatini urushni tezroq tugatish sari undashi mumkin, deb hisoblaydi nashr.

AQSh va Yevropa rasmiylari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri 1948 yilgi urushdan keyin Falastin arablari va Isroil o‘rtasidagi sulh bitimlarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun 1949 yilda yaratilgan UNTSO rolini kengaytirishni o‘z ichiga oladi.

Butun dunyo bo‘ylab BMTning o‘xshash tuzilmalaridan namuna sifatida foydalanish, xususan, Gaitiga xalqaro kuchlarni joylashtirish yoki Somalidagi islomiy “Ash-Shabob” guruhiga qarshi kurashda foydalanish rejalashtirilmoqda, deydi Bloomberg suhbatdoshlari.

Kiritildi: 10:54 17.11.2023. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!