Bu haqda G‘arbdagi diplomatik manbasi tayanib Reuters xabar berdi. Manbaga ko‘ra, memorandum matni hali ham yakuniy bosqichda ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, Eron kelishuv Livandagi janglarni ham to‘xtatishi kerak degan o‘z pozisiyasida qat’iy turibdi. Livan janubiga bostirib kergan Isroil u yerda “Hizbulloh” bilan urush olib bormoqda.
"Maqsad shanba kunigacha kelishuvni matn shaklini yakunlashdan iborat. Toki bitim AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens va Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof tomonidan imzolanishi mumkin bo‘lsin. Hozircha uchrashuvning aniq joy belgilanmagan, biroq Shvesariyaning Jeneva shahri eng ehtimoliy variant bo‘lib turibdi", — dedi Reuters manbasi.
Eronning yuqori martabali amaldoriga ko‘ra, kelishuv loyihasi – Eron neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qiladi, uning milliardlab dollarlik mablag‘larini muzlatishdan chiqaradi va barcha frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qiladi.
Yadroviy masalalar keyingi muzokaralar uchun chetga surib turiladi. Vashington Eron hech qachon yadro qurolini ishlab chiqarmasligini ta’minlaydigan kelishuvni xohlaydi. Eron esa bunday qurolga intilmayotganini aytadi.
Tehrondagi manba Eron buning evaziga nima taklif qilishi mumkinligi haqida hech narsa aytmagan. AQSh hozircha munosabat bildirmadi.