Vashington va Tehron “o‘zaro adovat”ga qaramay, yakunda Donald Trampning ikkinchi muddati davomida diplomatik kelishuvga erishishi mumkin.
Bu haqda payshanba kuni The Wall Street Journal nashri yozdi.
Qayd etilishicha, Trampning davlat rahbari sifatidagi birinchi muddatida u bilan birga ishlaganlarning ayrimlari AQSH-Eron munosabatlarida bunday o‘zgarishlar bo‘lishini istisno etmaydi. Shu bilan birga, Pentagonning sobiq yuqori martabali xodimi Maykl Mulroy nashrga aytganidek, Tramp bitimlar tuzishni yaxshi ko‘radi, faqat “bu uning kelishuvi bo‘lsa”.
Ayni paytda, The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Tramp Eronga nisbatan sanksiyalar bosimini jiddiy ravishda kuchaytirishni va uning neft yetkazib berish imkoniyatlarini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Eron nefti yetkazib berilayotgan Xitoy portlari ham sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin. "O‘ylaymanki, siz sanksiyalarning qaytishini ko‘rasiz va Trampning yangi ma’muriyatining Eronni ham diplomatik, ham moliyaviy jihatdan yanada yakkalab qo‘yishga urinayotganini ko‘rasiz", dedi Oq uyning sobiq rasmiysi gazetaga.