Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

AQSh va Eron deeskalasiya bo‘yicha bilvosita muzokaralar olib bordi

AQSh va Eron deeskalasiya bo‘yicha bilvosita muzokaralar olib bordi

AQSh va Eron vakillari Ummonda Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikning kuchayishini kamaytirish maqsadida bilvosita muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi Axios.

Muzokaralarda AQSh prezidentining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maslahatchisi Brett Makgurk va Eron ishlari bo‘yicha amaldagi elchi Abram Peyli ishtirok etdi. Bu 2024 yil yanvaridan buyon ilk bor bunday muzokaralar. Amerika vakillari Ummon vositachilari bilan uchrashdi.

Ushbu muzokaralarda Tehronni kim vakil qilgani noma’lum. Asosiy mavzular Isroil va G‘azo sektoridagi Xamas terrorchilari o‘rtasidagi urush fonida Yaqin Sharqdagi vaziyat, shuningdek, Eron yadro dasturi bo‘ldi.

Kiritildi: 19:45 18.05.2024. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!