AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylarning qurol omborlariga zarba berdi. Bu haqda AP xabar berdi.
Agentlikning Pentagonga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya harbiy samolyotlari Yaman poytaxti Sananing bir necha hududlarida husiylarning qurol-yarog‘ omborlariga hujum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu omborlarda Qizil dengiz va Adan ko‘rfazining xalqaro suvlarida harakatlanuvchi kema va tankerlarni yo‘q qilish uchun foydalanilgan qurol-yarog‘ zahiralari bo‘lgan.
Husiylarga aloqador Al Masirah telekanali AQSh va Britaniya havo hujumlari Sanadagi Es-Sabin hududiga berilgani haqida xabar berdi. Shuningdek Sananing Nahdayn va Al-Hafa hududlari ham hujumga uchragan.