Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Britaniyaning Yamandagi aviazarbalari natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

AQSh va Britaniyaning Yamandagi aviazarbalari natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

AQSh va Britaniyaning Yamandagi "Ansor Alloh" (hutiylar) isyonchilar harakati nazoratidagi hududga bergan zarbalari oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi yaralandi.

Bu haqda Al Mayadeen telekanaliga Sog‘liqni saqlash vazirligining hutiylar hukumatidagi vakili Anis al-Asbaxiy ma’lum qildi.

"To‘qqiz kishi halok bo‘ldi va to‘qqiz nafar yarador AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan dushman zarbalarining birinchi qurboni bo‘ldi", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.

Al Mayadeen telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, zarba poytaxt shimolidagi turar-joy massivida sodir bo‘lgan. Oqibatda bir qancha binolar shikastlangan. Qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.

Kiritildi: 21:06 16.03.2025. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!