Bu Eronga qarshi jangovar harakatlar boshlangan davrga to‘g‘ri keldi.
"Biz urush boshida o‘zimizning butun PRSM arsenalimizni sarflab yubordik, ammo bizga yangi raketalar yetkazib berilmoqda", — dedi AQSh Qurolli kuchlari o‘t ochish orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or tajriba markazining transformasiya bo‘limi rahbari Jimmi Arter.
Qo‘shma Shtatlar PRSM raketalarini ilk marta Eronga qarshi o‘tkazilgan amaliyot vaqtida jangovar sharoitlarda qo‘llagan.
Ushbu turdagi qurol eskirib borayotgan ATACMS tizimlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uzoqroq masofaga uchish va yuqori aniqlik xususiyatlariga ega hisoblanadi.