7 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov va AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda AQSh davlat departamenti e’lon qilgan qo‘shma bayonotda so‘z boradi.
Delegasiyalar O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, gumanitar va madaniy sohalarda o‘sib borayotgan sheriklikni muhokama qildi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.