Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi

AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikkita kompaniya – Uzstanex va The Elite Investment Group’ga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bunga maskur kompaniyalarning «Rossiyaga qarshi cheklovlarni chetlab o‘tishda ishtirok etgani» sabab sifatida keltirilgan.

AQSh G‘aznachilik departamenti Rossiya mudofaa sanoatini zarur texnologiya va uskunalar bilan ta’minlagan 275 nafar shaxs va tashkilotga naibatan sanksiyalar kiritdi. Ular qatorida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Uzstanex va The Elite Investment Group kompaniyalari ham bor.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga ko‘ra, Uzstanex 2018 yil iyul oyida ro‘yxatdan o‘tgan. Amalga oshiradigan faoliyat turi – mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi. Ustav fondi 65 mln so‘m. Yagona ta’sischisi — Abramov Vasiliy Vitalevich, direktori — Boysov Dmitriy Aleksandrovich. Kompaniya Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan.

AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi

AQSh G‘aznachilik departamenti ma’lum qilishicha, Uzstanex tomonidan xarid qilingan dastgohlar Xitoyda joylashgan Shanghai Winsun Imp va Exp Co Ltd (Shanghai Winsun) kompaniyalari orqali Rossiyaga yetkazib berilgan. Shu sababdan unga qarshi sanksiyalar kiritilgan.

Ustav fondi 3 mln so‘m bo‘lgan The Elite Investment Group 2024 yil yanvar oyida tashkil etilgan. Faoliyat turi – ixtisoslashmagan ulgurji savdo. Kompaniya Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan. Uning asoschisi va direktori — Kazakbayeva Nodira Abdusattorovna.

AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi

“Kompaniya 2024 yil mart oyi o‘rtalaridan may oyigacha GUCLU GLOBAL kompaniyasidan tashuvchi agenti sifatida foydalangan holda, Rossiyadagi kompaniyalarga, shu jumladan GTS GRUPP kompaniyasiga taxminan 190 ming dollar qiymatidagi yuqori ustuvor tovarlarni, jumladan elektr transformatorlarini yetkazib berdi”, deyiladi G‘aznachilik departamenti xabarida.

Kiritildi: Bugun 12:22. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!