Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh urushni boshladi, ammo buning uchun butun dunyo to‘lashini istamoqda

AQSh urushni boshladi, ammo buning uchun butun dunyo to‘lashini istamoqda

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘oyi AQShning Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat va xalqaro savdodagi uzilishlar uchun Eronni ayblashga urinayotganini tanqid qildi.

Bag‘oyi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSh va Isroil Eronga hujum qilguniga qadar, ya’ni 28 fevralgacha Hurmuz bo‘g‘ozi to‘liq ochiq bo‘lganini ta’kidladi.

«Vashington mintaqamizga noqonuniy va shafqatsiz urushni majburan olib kirdi va oddiy yuk tashish jarayonlarini izdan chiqardi. Neft tankerlari harakatsiz qolmoqda, savdo uzilmoqda va energiya narxlari oshmoqda», — dedi u.

Eron TIV vakiliga ko‘ra, AQSh endi o‘zi yuzaga keltirgan beqarorlik va qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni Eron zimmasiga yuklashga harakat qilmoqda.

«Voshington butun dunyoni o‘zining noqonuniy harakatlari uchun ulkan narx to‘lashga majburlamoqchi», — dedi Bag‘oyi.

Uning ta’kidlashicha, AQShning talqiniga ko‘ra, Vashington boshlagan urushning oqibatlari go‘yo Eronning harakatlari uchun dunyoga to‘lov sifatida taqdim etilmoqda.

«AQSh urushni boshladi, ammo buning uchun butun dunyo to‘lashini kutmoqda. Shu bilan birga, Eronni o‘zi yaratgan tartibsizlikning aybdori sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Haqiqatning bunday buzib ko‘rsatilishi mutlaqo bema’ni va asossiz», — deya xulosa qildi Bag‘oyi.

Kiritildi: 18:35 07.09.2026. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!