Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukrainani harbiy safarbarlik yoshini 18 ga tushirishga chaqirdi — Reuters

AQSh Ukrainani harbiy safarbarlik yoshini 18 ga tushirishga chaqirdi — Reuters

Bu haqda ismini oshkor qilmaslik sharti bilan prezident Jo Bayden ma’muriyati vakili ma’lum qildi.

"Ukraina urushga yetarlicha odamlarni safarbar qilmayapti va shuning uchun ham hozir Donbassda chekinmoqda. Bizga ko‘proq insoniy resurslar kerak. Ruslar oldinga siljib, sharqda barqaror muvaffaqiyatga erishmoqda. Ular Kursk viloyatida ukrainaliklarni ortga surishni boshladilar. Endi jang maydonidagi vaziyatni safarbarlik va ko‘proq askarlar o‘zgartirishi mumkin", — deya amerikalik amaldorning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Bayden ma’muriyati rasmiysiga ko‘ra, Kiyev yana 160 ming odamni safarbar etish kerak, deb hisoblaydi, ammo Vashington safarbar qilinganlar soni yanada ko‘proq bo‘lishi kerakligini taklif qilmoqda.

Ukrainadagi qonunchilikka ko‘ra, 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar urushga safarbar qilinadi. 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar, ayrim istisnoli holatlardan tashqari, chaqiruv va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar, lekin frontga jo‘natilmaydilar.

Kiritildi: Bugun 08:12. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!