Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Ukrainaga NATOning 5-moddasiga asoslangan xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor

AQSh Ukrainaga NATOning 5-moddasiga asoslangan xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor

Axios nashrining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga NATO Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa) asosida xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyor.

Nashrga bu haqda yuqori lavozimli amerikalik manba ma’lum qilgan. Uning aytishicha, mazkur kafolatlar Kongress tomonidan ma’qullanishi kerak bo‘ladi va yuridik jihatdan majburiy kuchga ega bo‘ladi.

«Biz ukrainaliklarga, bir tomondan, cheklanmagan mandat bo‘lmagan, ikkinchi tomondan esa yetarlicha kuchli bo‘lgan xavfsizlik kafolatlarini berishni istaymiz. Bu masalani Kongress ovozga qo‘yishiga tayyormiz», — deya manba so‘zlarini keltiradi Axios.

Xavfsizlik kafolatlarining aniq tafsilotlari ochiqlanmagan.

Axios’ning yozishicha, yaqin kunlarda Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Yevropa davlatlari rahbarlari hamda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner ishtirokida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv dam olish kunlari yoki dushanba kuni bo‘lishi mumkin.

Oq uydagi manbaga ko‘ra, payshanba kuni Ukraina va AQSh o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning so‘nggi bosqichi yetarli darajada ilgarilashni ko‘rsatgan va bu Trampni Uitkoff hamda Kushnerni Yevropaga yuborishga undagan.

Kiritildi: 13:40 13.12.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!