Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukrainaga JDAM aviabombalarini sotish bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni ma’qulladi

AQSh Ukrainaga JDAM aviabombalarini sotish bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni ma’qulladi

AQSh Davlat departamenti Ukrainaga 373,6 million dollarlik JDAM aviabombalarini sotish bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni ma’qulladi.

Bu haqda Reuters agentligi Davlat departamentining xabariga tayanib ma’lum qildi.

Hujjatga ko‘ra, Kiyev uzoq masofaga uchuvchi 1200 ta KMU-572 va 332 ta KMU-556 rusumli JDAM aviabombalari to‘plamini, shuningdek, ularga tegishli uskunalar va texnik hujjatlarni sotib olish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Kelishuvning umumiy qiymati 373,6 million dollarni tashkil etadi. Asosiy pudratchi sifatida Boeing kompaniyasi ishtirok etadi. Yetkazib berishning aniq muddatlari ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot uchun, Ukraina JDAM aviabombalaridan frontda 2024 yildan beri foydalanib keladi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!