Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Kiyevdagi elchi Bridjit Brink X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Biz AQSh fuqarolarini hushyor bo‘lishga, Ukraina rasmiy manbalarining xabarlarini bo‘yicha kuzatishga va havo hujumi haqida ogohlantirilgan taqdirda boshpanalarga borishga tayyor bo‘lishga chaqiramiz", — deyiladi elchining bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarning Kiyevdagi elchixonasi "ehtimoliy keng ko‘lamli havo hujumi tahdidi" tufayli vaqtinchalik faoliyat yuritmasligini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, yana bir qator davlatlarning Ukrainadagi elchixonalari ham yopilgandi. Qayd etish joizki, kecha Ukrainada hech qanday havo hujumi sodir bo‘lmadi.